Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kuchli bo‘ron daraxtlarni sindirib tashladi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 17 may kuni O‘zbekistonning g‘arbiy hududlarida kuchli shamol kuzatildi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kuchli shamol oqibatida ayrim joylarda daraxtlarning sinishi, bir nechta aholi xonadonlarining tom qismiga qisman zarar yetishi holatlari qayd etilgan. Shuningdek, tarmoqlarda Xorazm viloyati Xazorasp tumanida batutning ag‘darilgani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat oqibatida jabrlanganlar mavjud emas. 

Ayni vaqtda FVV hamda tegishli xizmatlar tomonidan hududlarda vaziyat nazoratga olingan bo‘lib, oqibatlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida ehtiyotkor bo‘lish, daraxtlar, yengil konstruksiyalar hamda reklama vositalari yaqinida to‘planmaslik so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugun, 18 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida juda kuchli shamol kuzatilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Qoraqalpog'iston shamol bo'ron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing