Qoraqalpog‘iston sudining raisi saylandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Gulnara Jumanazarovna Bazarbayeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi etib saylandi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan maxsus farmon bilan sud tizimiga tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar kiritildi. Shu asosda jinoyat, iqtisodiy va fuqarolik sudlari birlashtirilib, ular asosida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi tashkil etildi.

Shu munosabat bilan kuni kecha bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n beshinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalariga qo‘shimchalar kiritilishi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sud

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing