Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va unga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va unga 2 nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda “Kknews.uz” nashri xabar berdi.

Axmet Karamatdinovich Narimbetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Gulzira Aminovna Baxiyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta’lim vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan tashqari, Nursulo‘ Koshkinbayevna Baltabayeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘quv-tarbiya ishlari va akkreditatsiyadan o‘tgan muassasalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

vazir Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made