Qoraqalpog‘iston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 2 mart kuni Tursinbay Abdijabbarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tursinbay Abdijabbarov 2020 yildan hozirgi kunga qadar Nukus tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Turli yillarda qator davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy hokimlik boshqaruvi tizimlarida samarali mehnat qilib kelgan Tursinbay Abdijabbarov 1995-2000 yillarda “Oqmang‘itagroximta’minot” hissadorlik jamiyati boshlig‘i, 2000-2001 yillarda Nukus tumani “Qattiag‘ar” shirkat xo‘jaligi raisi, 2001-2003 yillarda Nukus tumani o‘rmon xo‘jaligida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tursinbay Abdijabbarov 2003 yilda Orolbo‘yi delta boshqarmasi muhandis-gidrometri, 2017-2020 yillarda Nukus tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi lavozimida mehnat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing