Qorachoy-Cherkesda otishma bo‘ldi. Politsiya orasida qurbonlar bor

Olam

image

Rossiyaning Qorachoy-Cherkes respublikasida patrul otryadiga o‘q uzildi, ikki politsiyachi halok bo‘ldi, biri yaralandi. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Qorachoy-Cherkes rahbari Rashid Temrezov ma’lum qildi.

“Bugun tunda Karachayevsk shahrida jinoyatchilar ichki ishlar vazirligining Qorachoy-Cherkes respublikasi bo‘yicha tezkor javob guruhining kundalik navbatchilikda bo‘lgan otryadiga shafqatsiz hujum uyushtirdi. Afsuski, hujum oqibatida politsiya patrul xizmati alohida rotasi mobil vzvod komandiri o‘rinbosari, militsiya leytenanti Murat Xasanovich Kalaxanov va politsiya haydovchisi, militsiya serjanti Roman Sergeyevich Gushin o‘qdan voqea joyida halok bo‘ldi. Guruh tarkibiga kirgan uchinchi politsiyachi yaralangan va hozir shifoxonada”, deyiladi xabarda.

Temrezov xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Qorachoy-Cherkes Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlarining oila a’zolariga samimiy ta’ziya izhor etdi, shuningdek, yarador xodimning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. Respublika rahbari jinoyat sodir etishga aloqador shaxslarni aniqlash va ushlash uchun “Siren” rejasi joriy etilganini aytdi.

“Ular zudlik bilan menga vaziyat haqida xabar berishadi. Ishonchim komilki, huquq-tartibot idoralari tezkor va professional tarzda ish olib boradi va banditlar topilib, sodir etgan jinoyati uchun eng og‘ir jazoni olishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy boshida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Ingushetiya respublikasidagi Qorabuloq shahrida noma’lum shaxslar politsiya bilan otishmaga kirishgandi. Mart oxirida Dog‘iston respublikasidagi Maxachqal’a va Kaspiysk shaharlaridagi turarjoy binolarining bir nechta xonadonlarida qurolli terrorchilarning chiqish yo‘llari yopib qo‘yildi. Maxsus xizmatlar aksilterror operatsiyasi davomida uch nafar qurolli shaxsni qo‘lga oldi. Yana 4 kishi Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”ga hujum uyushtirishda gumonlanayotganlarni pul va qurol-yarog‘ bilan ta’minlaganlikda ayblanib, qo‘lga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya otishma Qorachoy-Cherkes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing