Qorabog‘ni Ozarbayjonniki deb tan olishga jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda

Olam

image

“Ayakve” tashabbus guruhi Armaniston parlamentiga Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjon tarkibida deb tan olganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish masalasini parlament yig‘ilishi kun tartibiga kiritish talabi bilan respublika fuqarolarining 58 mingdan ortiq imzosini taqdim etdi. Hujjatni parlament a’zolariga topshirish tadbiri real vaqt rejimida mahalliy axborot portallari orqali efirga uzatildi. 

“Parlament kun tartibiga Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi deb tan olganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish, shuningdek, armanlar genotsidini [Usmonli imperiyasidagi] xalqaro tan olishni rad etish masalasini kiritish talabi bilan 58 ming imzo to‘plandi”, deydi tashabbus rahbari, jamoat arbobi Avetik Chalabyan.

Parlamentga taqdim etilishidan avval imzolar Markaziy saylov komissiyasiga yuborilib, ularning haqiqiyligi tasdiqlangan. Ushbu tartib-qoidadan so‘ng masala qonun kuchi bilan parlament kun tartibiga kiritiladi. Agar bu qonun loyihasi parlament a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan rad etilsa, konstitutsiyaga ko‘ra, tashabbus guruhi referendum o‘tkazish uchun 300 ming imzo to‘plashi mumkin. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi bu qonun loyihasini qabul qilmasligini allaqachon ma’lum qilgan. 

Pashinyan, shuningdek, boshqa yuqori martabali arman vakillari Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishlarini bir necha bor ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabriga o‘tar kechasi Qorabog‘da Armaniston Qurolli kuchlarining qo‘poruvchi-diversiv guruhi tomonidan o‘rnatilgan tankka qarshi mina portlab ketishi ortidan olti nafar ozarbayjonlik halok bo‘lgandi. O‘sha kuni Baku “mahalliy aksilterror choralari” boshlanganini e’lon qildi va arman harbiylarini mintaqadan olib chiqib ketishni talab qildi. Yerevan Qorabog‘da arman Qurolli kuchlari yo‘qligini ta’kidlab, sodir bo‘layotgan voqealarni “keng ko‘lamli tajovuz” deb atadi. 20 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da aksilterror tadbirlarini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. 28 sentyabr kuni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi uning rahbari Samvel Shahramanyan tomonidan imzolangan farmon bilan tugatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Tog'li Qorabog' Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing