Qorabog‘dagi operatsiya Armanistonning va’dasida turmagani oqibati – Anqara
Olam
−
22 Sentabr 2023
5697Ozarbayjonning Qorabog‘dagi operatsiyasi Armanistonning avval erishilgan kelishuvlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagani oqibatidir. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi rahbari Yashar Guler “Milliyet” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Armaniston oldingi 44 kunlik operatsiya natijalariga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini imzoladi. Va u uning shartlariga rioya qilishi kerak. Terrorchilar u yerga [Qorabog‘da] joylashib olgan. Ular u yerdagi konlarni noqonuniy ravishda qazib olishmoqda. Ular ogohlantirishlarga quloq solmay, yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi. Oxirgi 10-15 kun davomida ular doimiy ravishda to‘xtash haqida ogohlantirildi, ammo hech narsa o‘zgarmadi. Va yakunda Ozarbayjon ularga javob berdi. Bir kun [operatsiya] oxirida ular taslim bo‘lishlarini, qurollarini tashlab ketishlarini e’lon qilishdi”, dey di vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya [Qorabog‘dagi] barcha yerlar Ozarbayjonga tegishli ekanligini ta’kidlagan. U Baku tomonidan amalga oshirilgan aksilterror operatsiyasi uzoq muddatli tinchlik sari qadam bo‘lishiga umid bildirdi.
“Ayniqsa, Armaniston o‘z majburiyatlarini to‘g‘ri bajarsa va tinchlik kelishuvi bandlari imkon qadar tezroq amalga oshirilsa. Shunda mintaqada tinchlik va osoyishtalik muhiti o‘rnatiladi”, deb xulosa qildi Guler.
Armaniston va AQSHning yaqinda o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlarini izohlar ekan, vazir bu voqeani alohida ahamiyatga ega deb hisoblamasligini aytdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi keskinlik sharoitida hatto 25 kishining ham mashg‘ulotlardagi ishtiroki noto‘g‘ri qabul qilinishi mumkin, shuning uchun tomonlar ehtiyotkorroq harakat qilgani ma’qul.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. 20 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da mazkur tadbirlar to‘xtatildi. Kecha, 21 sentyabr kuni Yevlax shahrida Qorabog‘ arman jamiyati vakillari Ozarbayjonning mas’ul vakili bilan uchrashib, muzokara o‘tkazdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan telefon orqali Qorabog‘dagi aksilterror choralarini yakunlash masalasini muhokama qilgandi. U ham Putinga Rossiya tinchlikparvar kontingenti harbiy xizmatchilarining fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan uzr so‘rab, chuqur hamdardlik bildirgan.
LiveBarchasi