Qorabog‘da yirik yoqilg‘i ombori portladi (video)

Olam

image

Kecha, 25 sentyabr kuni kechqurun Qorabog‘dagi Xonkendi (Stepanakert) - Askeran trassasidagi yoqilg‘i saqlanadigan omborxonada portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor, 200 dan ortiq odam yaralangan. Hozirda qutqaruvchilar voqea joyida ish olib bormoqda. Bu haqda “Sputnik Armaniston” xabar berdi.

Bildirilishicha, portlash sodir bo‘lgan joyda shifokorlar va qutqaruvchilardan iborat tezkor guruhlar ishlamoqda. Ko‘plab fuqarolar kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlar soni hozircha ma’lum emas, ammo (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ ombudsmani Gegam Stepanyan o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berishicha, 200 dan ortiq odam jarohatlangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning aksariyati og‘ir yoki o‘ta og‘ir ahvolda. Shuningdek, u Qorabog‘dagi tibbiyot muassasalarining imkoniyatlari hayotni saqlab qolish uchun yetarli emasligini, shuning uchun ham odamlarni tez tibbiy yordam samolyotlarida tashish zarurligini ta’kidlagan.

Qurbonlarni Armanistonga vertolyotda olib o‘tishni tashkil etish masalasi hal qilinmoqda. Bundan tashqari, Ozarbayjon axborot agentligi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ma’muriyatiga tayanib, Ag‘dam – Askeran – Xonkendi yo‘li bo‘ylab jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun tez yordam mashinasida kuyishga qarshi dori vositalari, bog‘lamlar, qo‘lqoplar va dorilar yuborilganini yozmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing