Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar kuchlari tashlab ketgan nuqtalarni Ozarbayjon politsiyasi egalladi

Olam

image

Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar kuchlari tashlab ketgan nuqtalarni Ozarbayjon politsiyasi egalladi

Ozarbayjon politsiyasi Qorabog‘ mintaqasida vaqtincha joylashgan Rossiya tinchlikparvar kuchlari tomonidan bo‘shatilgan kuzatuv postlarida navbatchilik qilishni boshladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Ma’lumki, 2020 yil 10 noyabrda ikkinchi Qorabog‘ urushi ortidan Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o‘rtasida imzolangan deklaratsiyaga ko‘ra, mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan edi. O‘sha paytda ular uchun 25 ga yaqin kuzatuv postlari tashkil qilingandi.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjonning aksilterror operatsiyasidan so‘ng, qurolli arman guruhlari mintaqadan chiqib ketgani munosabati bilan kuzatuv postlarini qisqartirishga qaror qilgan. Natijada Askeran, Agdera va Shusha tumanlaridagi 9 rus kuzatuv posti olib tashlandi.

Uch tomonlama deklaratsiyada Rossiya qo‘shinlarining mintaqadagi mandati 2025 yil 10 noyabrda tugashi belgilangan, biroq hujjatda mintaqadagi yangi vaziyat tufayli bu muddatning qisqarishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabriga o‘tar kechasi Qorabog‘da Armaniston Qurolli kuchlarining qo‘poruvchi-diversiv guruhi tomonidan o‘rnatilgan tankka qarshi mina portlab ketishi ortidan olti nafar ozarbayjonlik halok bo‘lgandi. O‘sha kuni Baku “mahalliy aksilterror choralari” boshlanganini e’lon qildi va arman harbiylarini mintaqadan olib chiqib ketishni talab qildi. Yerevan Qorabog‘da arman Qurolli kuchlari yo‘qligini ta’kidlab, sodir bo‘layotgan voqealarni “keng ko‘lamli tajovuz” deb atadi. 20 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da aksilterror tadbirlarini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. 28 sentyabr kuni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi uning rahbari Samvel Shahramanyan tomonidan imzolangan farmon bilan tugatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing