Qorabog‘da ham saylov uchastkalari tashkil etiladi

Olam

image

Ozarbayjon tarafidan ozod qilingan hududlarni qamrab olgan 9 ta saylov okrugida 26 ta saylov uchastkasi tashkil etilishi ta’minlanadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Rovzat Qosimov ma’lum qildi.

Qosimov Markaziy saylov komissiyasining bugun, 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ozod qilingan hududlarda qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning katta armiyasi borligini aytib o‘tgan.

“Ular oldidagi burchimiz ovoz berishlarini ta’minlash. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ozod qilingan hududlarni qamrab olgan 9 ta saylov okrugida 26 ta saylov uchastkasi tashkil etiladi. Yaqin kunlarda okrug saylov komissiyalari bu borada qaror qabul qiladi”, degan u o‘z bayonotida.

Shuningdek, u Xonkendi, Xo‘jayli, Asqaron va Agdara shaharlarida saylov uchastkalari tashkil etilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 8 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazohir Panahov ham sobiq Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hududida saylov uchastkalari tashkil etilishini bildirib, bu yerda 20 ming saylovchi istiqomat qilishini ma’lum qilgan.

“Agar harbiy qismlarni hisobga oladigan bo‘lsak, ozod qilingan hududlarda 20 ming saylovchi bor. Bu odamlar ozod qilingan hududlarda ilk bor ovoz beradi. Bu esa tarixiy voqeadir”, degan komissiya raisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjondagi hukmron partiya prezidentlikka amaldagi prezident nomzodini ko‘rsatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' saylov uchastkalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made