Ozarbayjondagi hukmron partiya prezidentlikka Aliyev nomzodini ko‘rsatdi

Olam

image

Ozarbayjondagi hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasi 2 navbatdan tashqari saylovlarda Ilhom Aliyevni Ozarbayjon prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda partiya raisi o‘rinbosari Tohir Budagov ma’lum qildi.

“Bo‘lajak navbatdan tashqari saylovlarda bizning nomzodimiz amaldagi Prezident Ilhom Aliyev bo‘ladi”, degan Budagov.

Ma’lumot uchun, 62 yashar Ilhom Aliyev 2003 yildan buyon 20 yil davomida prezidentlik kursisini egallab kelmoqda. U 2003, 2008, 2013 va 2018 yillarda o‘tkazilgan prezident saylovlarida g‘alaba qozongani aytiladi. Ungacha – 1993-2003 yillarda mamlakatni Ilhom Aliyevning otasi Haydar Aliyev boshqargan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasining navbatdan tashqari prezident saylovi 2024 yil 7 fevralga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev prezidentlik saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made