“Qora shahzoda” o‘ziga suiqasd uyushtirilishidan xavotirda – “Politico”

Olam

image

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSH Kongressiga tashrif buyurganida kongressmenlar uchrashuvda Isroil bilan munosabatlar normallashtirilsa, buning ortidan o‘ldirilishi mumkinligidan qo‘rqayotganini bildirdi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Salmon so‘nggi paytlarda Isroil bilan normallashuvga rozi bo‘lish borasida ko‘plab xavotir va shubhalarni bildirgan. So‘nggi uchrashuvda ham Saudiya qirolligi Kongress a’zolariga AQSH va Isroil bilan Saudiya-Isroil aloqalarini normallashtirishni o‘z ichiga olgan katta bitimni amalga oshirish orqali o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida u 1981 yilda Isroil bilan tinchlik shartnomasi tuzilgani ortidan o‘ldirilgan Misrning sobiq prezidenti Anvar Sadatning taqdirini eslagan. Salmonga ko‘ra, saudiyaliklar vaziyatdan juda qattiq xavotirda va Islomning muqaddas qadamjolari qo‘riqchisi sifatida eng dolzarb adolat masalasini hal qilmaguncha o‘zining hayoti ham xavfsiz kechmaydi.

Ma’lumot uchun, 1978 yilda Kemp Devidda (AQSH) bo‘lib o‘tgan sammitda dastlabki kelishuv, 1979 yilda esa Vashingtonda o‘sha paytdagi Isroil bosh vaziri Menaxem Begin va Anvar Sadat Isroil hamda Misr o‘rtasida tinchlik shartnomasini imzolagan edi. Bu kelishuvga ko‘ra, Sinay yarimoroli Misr nazoratiga o‘tgan va davlatlar o‘rtasidagi chegara belgilangan. Sadatning ichki va tashqi siyosati uning G‘arbda mashhur bo‘lishiga olib kelgan, lekin Misrda qo‘llab-quvvatlovni yo‘qotgan. 1981 yil 6 oktyabrda harbiy paradda Sadat joylashgan hukumat minbari tomon granata otilgan va o‘t ochilgan. Suiqasd radikal islomchilardan iborat bir guruh harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilgan. Misr prezidenti olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Joriy yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni Falastin davlatini tan olib, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketsagina, yahudiy davlati bilan diplomatik munosabatlarni normallashtirishini aytgandi. O‘shanda qirollik AQSH ma’muriyati bilan 1967 yildagi chegaralari va poytaxti Sharqiy Quddusga ega bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tan olmasdan, shuningdek, Isroil tajovuzini to‘xtatib, barcha ishg‘ol qiluvchi kuchlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketmasdan turib, Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilmasligi haqidagi qat’iy pozitsiyasini muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Muhammad bin Salmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made