Qora nonning xavfli tomoni aniqlandi
Salomatlik
−
06 dekabr 2020
26874Qora non ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan qandli diabetning ikkinti turida oq non o‘rnida tavsiya qilinadi. Biroq “Express” nashrining diyetolog Maykl Mosliga asoslanib yozishicha, ushbu mahsulotni tanlayotganda ehtiyot bo‘lish kerak, negaki ba’zi qora nonlar qonda shakar miqdorini oshirib yuboradi.
Mutaxassis do‘konlarda sotilayotgan qora nonning ko‘pgina turlariga ta’mini yaxshilash uchun har xil qo‘shimchalar qo‘shilgan va ular qonda shakar miqdorini oshirishi mumkin deb ta’kidlamoqda.
Uning fikricha, qandli diabetdan aziyat chekayotgan odamlar non emas, balki butun don (grechka, jigarrang guruch, javdar, arpa, kinoa), shuningdek, dukkakli mahsulotlarni iste’mol qilgani ma’qul.
Ushbu mahsulotlar shakar miqdorining keskin o‘zgarishini to‘xtatuvchi, oshqozon mikroflorasini yaxshilovchi murakkab uglevodlarga to‘yingan. Shirinliklar, meva sharbatlari va gazlangan ichimliklar iste’molini minimallashtirish juda muhimdir.
LiveBarchasi