Xitoylik olimlar qandli diabet bilan og‘rigan bemorni davoladi
Salomatlik
−
01 iyun
12340Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib II turdagi qandli diabet bilan og‘rigan bemorni davolashdi. Tadqiqot natijalari “Cell Discovery” jurnalida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, olimlar ildiz hujayralari terapiyasidan foydalanib, so‘nggi 25 yil davomida kasallikdan aziyat chekkan 59 yoshli erkakni davolagan.
Kasallik yillari davomida bemor insulin ishlab chiqaradigan deyarli barcha oshqozonosti bezi hujayralarini yo‘qotgan. Shuning uchun u har kuni gormonni bir necha marta in’eksiya qilishiga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, u bir necha yil oldin buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini boshdan kechirgan.
Olimlar 2021 yilda ildiz hujayralaridan oshqozonosti bezi hujayralarini yaratdi va ularni bemorga ko‘chirib o‘tkazdi. Iste’mol qilinadigan antidiabetik dorilar 48-haftada to‘xtatilgan.
“Kelajakdagi tadqiqotlar dori sifatida ildiz hujayralaridan olingan orolchalarning farmakodinamikasiga, diabetning boshqa kichik turlariga ildiz hujayralaridan olingan orolcha transplantatsiyasini qo‘llashni kengaytirishga va tayyor mahsulot sifatida universal orolchalarni yaratishga asoslanadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi