Shifokorlar adashib bemorning sog‘ qulog‘ini operatsiya qildi
Olam
−
10:01 3274 1 daqiqa
Turkiyada shifokorlar bemorning kasallangan qulog‘i o‘rniga sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi. Bu haqda “Akşam” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Kojaeli shahrida yashovchi Murat Tarakchi o‘ng qulog‘ida suyuqlik to‘plangani sababli Istanbulning Tuzla tumanidagi Okan universiteti shifoxonasiga murojaat qilgan. Biroq operatsiya vaqtida adashib, uning chap qulog‘iga naycha o‘rnatilgan. Narkoz ta’siridan o‘ziga kelgan Tarakchi chap qulog‘ida kuchli og‘riqni his qilgan va shifokorlar xatosini payqagan.
Shundan so‘ng, tibbiy guruh o‘sha kunning o‘zida bemorni yana umumiy narkoz ostida operatsiya qilib, o‘ng qulog‘ida ham jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.
“Professorning o‘ng va chap quloqni adashtirishi jiddiy xato”, deya norozilik bildirgan Tarakchi.
U shifoxona va shifokor ustidan shikoyat qilgan. Shifoxona ma’muriyati esa huquqiy jarayon davom etayotgani sababli hozircha izoh bermasligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada shifokor bemorning chap oyog‘ini kesish o‘rniga ikkala oyog‘ini ham kesib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgani uchun 4 yil ozodlikdan mahrum qilingandi.
Live
Barchasi