“Qora mog‘or” epidemiyasi Hindiston bo‘ylab tarqalishni boshladi
Olam
−
20 may 2021
9112Hindistonning Rajastan va Telangana shtatlari mukormikoz (“qora mog‘or”) epidemiyasini e’lon qildi.
“Shtatdagi mukormikoz bilan kasallanganlar soni COVID-19 ta’sirida o‘sishda davom etmoqda. Mukormikoz o‘zini COVID-19 ning nojo‘ya ta’siri sifatida namoyon qiladi. Epidemiya va kasallik to‘g‘risida butun shtat bo‘ylab xabar berilgan”, deyilgan Rajastan Sog‘liqni saqlash bosh vaziri Axil Arora tomonidan imzolangan xabarnomada.
Ta’kidlanishicha, shtatda bugungi kunda ushbu kasallikka chalingan 100 ga yaqin bemor bor. Savay Man Singh davlat shifoxonasida ular uchun maxsus bo‘lim tashkil etilgan.
Telangana shtati Sog‘liqni saqlash vaziri Srinivas Rao ham shtat hududida mukormikoz aniqlanganini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Gujarat shtatida kasallik avj olgandi, u yerda 100 dan ortiq mukormikoz holati qayd etilgandi.
Keyinroq, Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlarda ham Hindistonda tarqalgan xavfli “qora mog‘or” infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi