“Qora mog‘or”: Hindistonda kasallar va vafot etganlar soni ortmoqda 

Olam

image
0:00
0:00
download

Hindistonda “qora mog‘or” — mukormikoz infeksiyasi bilan bog‘liq 40 mingdan ortiq holatlar aniqlandi. Mamlakatda 3 mingdan ortiq odam infeksiyadan vafot etdi. Bu haqda Hindiston Sog‘liqni saqlash vaziri Xarsh Vardxan ma’lum qilgan.  

“Zamburug‘ infeksiyasidan o‘lim darajasi 3 129 ta holatni tashkil etdi, jami 40 845 ta kasallik qayd etildi”, degan Vardxan. 

U bemorlarning 32 foizi 18-45 yosh guruhiga, 45 foizi 45-60 yosh guruhiga va 24 foizi 60 yoshdan kattalar guruhiga tegishli ekanini ta’kidlagan. 

Kasalliklarning aksariyati Maharashtra, Kerala, Tamilnad, G‘arbiy Bengal va Odisha shtatlarida aniqlangan. Ta’kidlanishicha, Hindistonning ushbu shtatlarida koronavirus infeksiyasi ham keng tarqalgan. 

Avvalroq, Hindistonda shifokorlar “qora mog‘or”ning yanada keng tarqalishining oldini olish uchun ayrim hollarda bemorlarning bir ko‘zini olib tashlashiga to‘g‘ri kelayotgani haqida xabar bergandik.  

Hindistonda hozirgacha “oq mog‘or”, “qora mog‘or”, “sariq mog‘or” va “yashil mog‘or” infeksiyalari qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston qora mog'or

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing