“Qonli yanvar” voqealari: Qozog‘istonda MXQ raisining sobiq o‘rinbosari qamaldi
Olam
−
26 fevral 2022
4967Qozog‘istonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Marat Osipov mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
“Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi K.Masimov, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Sadiqulov, D. Yergojin va boshqalarga nisbatan hokimiyatni majburan tortib olish, davlatga xiyonat qilish va o‘z vakolatini suiiste’mol qilish faktlari bo‘yicha sudgacha tergov davom ettirilmoqda”, deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, 23 fevral kuni sudning sanksiyasi bilan Marat Osipovga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llanilgan — qamoqqa olish.
Qayd etilishicha, tergov manfaati uchun boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Marat Osipov 2016 yilning yanvaridan 2022 yilning yanvarigacha Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi