Qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblash joriy etilishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yo‘llarda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etilishi kutilmoqda. Bu “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasida o‘z aksini topdi. Qonun bugun, 28 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, transport vositasi haydovchilari tomonidan doimiy ravishda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish belgilanmoqda. Ya’ni, ushbu norma bilan hisoblangan jarima ballari bir yil davomida o‘n ikki balldan oshgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

Mazkur tartibga muvofiq, haydovchi bir yil davomida yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq huquqbuzurliklarni sodir etish yo‘li bilan belgilangan miqdordagi jarima ballarini to‘plagan taqdirda unga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanishi belgilanmoqda.

Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini sudlar tomonidan qo‘llanishini inobatga olib, Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganlik uchun ma’muriy jazosini jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llash tartibi taklif qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jarima yo'l harakati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing