Qodirovning uch o‘g‘li birvarakayiga mukofotlandi  

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘illari Ali, Ahmad va Adam Qodirov Checheniston parlamentidagi rag‘batlantirishning eng yuqori shakli – “Daymexkan Siy” (Vatan sharafi) ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Respublikaning Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot bo‘yicha vaziri Ahmad Dudayev Telegram'dagi kanalida ma’lum qildi.  

“Chechenistonning birinchi Prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad-Hoji Qodirovning nabiralari – Ali, Ahmad va Adam “Daymexkan Siy” ordeni bilan taqdirlanishdi. Ular yosh avlod uchun yorqin namunadir!” deydi u.

Dudayevning so‘zlariga ko‘ra, Adam, Ahmad va Ali Qodirovlar oilasining boshqa vakillari singari chechen xalqining haqiqiy g‘ururi hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, ular bolaligidanoq din asoslarini chuqur o‘rgangan, uchalasi ham Qur’oni Karimni yod olgan. Shuningdek, o‘qish, sport va ijtimoiy faoliyatda muvaffaqiyat qozongan. 

Ma’lumot uchun, Ahmad Qodirov 18, Ali 16, Adam esa 15 yoshda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Kabardin-Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangandi. Biroq mintaqa rahbari Kazbek Kokov 15 yoshli Adam Qodirov qanday xizmatlari uchun orden olganiga aniqlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov orden Adam Qodirov Ahmad Qodirov Ali Qodirov Ahmad Dudaev Daymexkan Siy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing