Qodirovning buyragi ishdan chiqqan. Kreml Chechenistonga yangi rahbar qidirmoqda – Ukraina razvedkasi
Olam
−
12 yanvar 11266 1 daqiqa
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i buyragining ishlamasligi tufayli yomonlashgan va buning ortidan mamlakatga yangi rahbar tayinlanishi mumkin. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, “Ukrinform” xabar berdi.
Qayd etilishicha, buyraklari ishlamasligi sababli Qodirov hozirda dializ protsedurasida (qonni tozalash jarayonida). Shifokorlar hech qanday prognoz bera olmayapti. Ukraina Mudofaa vazirligi razvedkasidagi manbalarga ko‘ra, hozirda Qodirov oila a’zolari bilan Chechenistondagi shaxsiy shifoxonasida davolanmoqda. Yaqinlari, jumladan, boshqa davlatlardan kelgan qarindoshlari ham hozirda uning yonida.
Manbaga ko‘ra, Qodirov sog‘lig‘ining yomonlashuvi fonida Chechenistonning yangi rahbari nomzodini aniqlash jarayoni sezilarli darajada faollashgan. Shuningdek, Kreml uchun eng qulay nomzodlar sifatida Magomed Daudov, Apti Alouddinov va Ramzan Qodirovning katta o‘g‘li Ahmad Qodirov tilga olinmoqda.
Ma’lumot uchun, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 20 yoshli o‘g‘li Ahmadni respublika hukumatining bosh o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlagandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jamoatchilik oldida qo‘lida hassa bilan ko‘rinish bergandi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar