Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Sport vaziri bo‘ldi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Ahmad Qodirov Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Ramzan Qodirovning o‘zi ma’lum qildi.

Ahmad Qodirov so‘nggi uch oy davomida Checheniston Yoshlar ishlari vaziri lavozimini egallab kelgan.

“Endi vazirlikka Ramzan Vismurodov rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimida ishlab kelgan Iso Ibragimov Checheniston rahbari va hukumati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi”, deb yozadi Qodirov.

Ahmad Qodirov noyabr oyida 19 yoshga to‘ladi. 2023 yil noyabr oyida u Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

U 2024 yil fevral oyida Respublika yoshlar masalalari bo‘yicha vazir lavozimini egallagan va shu bilan birga mamlakatning oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov o‘zining 16 yoshli o‘g‘li Adamni Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Ahmad Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing