Qodirov Ukraina armiyasiga atalgan “Yangi yil sovg‘alari” haqida gapirdi (video)
Olam
−
29 dekabr 2023
18085Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, chechenlarning “Axmat” maxsus bo‘linmasi Kleshcheyevkaga hujum qilmoqchi bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlari harbiylarini yo‘q qilmoqda. Bu haqda u bugun, 29 dekabr kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Chechenlar yetakchisining aytishicha, “Axmat” maxsus bo‘linmasining “Chevik” otryadi Rossiya Qurolli kuchlari 2-armiya korpusining 4-brigadasi bilan birgalikda maxsus "harbiy operatsiya" o‘tkazmoqda .
Buning ortidan Ukraina Qurolli kuchlari katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. Rus qo‘shinlari havo razvedkasi yordamida "dushman" qo‘shinlari konsentratsiyasini nishonga olmoqda.
“Yaqinlashayotgan bayram munosabati bilan yigitlarimiz chaqirilmagan mehmonlarga “sovg‘a” ulashishda davom etyapti”, degan Qodirov.
U Ukraina Qurolli Kuchlari frontning ushbu sektorida katta yo‘qotishlarga uchrayotgani va chechen havo razvedka guruhi belgilangan sxema bo‘yicha ukrainlarning to‘plangan joyini aniqlab, zarba berayotganini qo‘shimcha qilgan.
⠀
Eslatib o‘tamiz, Checheniston rahbari joriy yilning avgust oyida Putin uchun jonini berishga ham tayyor ekanini aytgan edi.
LiveBarchasi