Qodirov Putin uchun jonini berishga tayyor ekanini aytdi
Olam
−
30 avgust 2023
12954Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zini “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin kabi o‘lim kutayotgani yoki kasallik sabab vafot etishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Qodirov Telegram-kanalida yozishicha, u Rosiiya Prezidenti Vladimir Putinning har qanday buyrug‘ini so‘zsiz bajaradi, hatto, uning oxiri o‘lim bilan tugasa ham.
“Men yana bir bor takrorlashdan charchamayman va g‘urur bilan aytaman: Rossiya oliy bosh qo‘mondoni piyoda askariman va o‘zimga tegishli emasman. Men dinga, vatanga, uning manfaatlariga mansubman. Vladimir Vladimirovichning har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyorman, hatto natijasi o‘lim bo‘lsa ham”, deb yozadi Checheniston rahbari.
Shuningdek, Qodirov uning tezda o‘lim topishini bashorat qilayotgan xorijiy nashrlarni tanqid qilib, ularni Rossiyadan xafa bo‘lgan tugallanmagan siyosatshunoslar boshqarishini aytgan.
“Prezidentimizga hurmat-ehtiromda mendan ham fidoyiroq odam borligini bilsam, to‘satdan jon berishim mumkin. Meni Vladimirovichdan jon qarzim bor va u uchun bir emas ikki marta o‘lishga tayyorman. Shu bois, men yurtimiz ichida nifoq solish uchun juda arzonga chop etilgan bunday ma’lumotlarning o‘zboshimchalik bilan tarqatilishiga qarshiman”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz avvaloq Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Dmitriy Gudkov “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning taqdiri Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni ham kutayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari Prezident Vladimir Putinga tahdid solayotgan shaxslarni, jumladan, Ramzan Qodirovni yo‘q qilishga kirishishi mumkin.
LiveBarchasi