Qodirov “Skver”dagi tartibsizlikni provokatsiya deb atadi

Jamiyat

image

Avvalroq, 13 iyul kuni taxminan soat 22:30 larda “Subo” nomi bilan tanilgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov bilan uchrashish uchun Toshkent shahrining Amir Temur xiyobonida 200 ga yaqin fuqarolar karantin cheklovlariga rioya etmasdan to‘plangani haqida xabar bergan edik.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” DP  raisi Alisher Qodirov munosabat bildirib, quyidagilarni qayd etdi:

“Bu provokatsiya. Pul beraman, deb qancha odamni yig‘ish mumkinligini kimlardir tekshirib ko‘rdi. Pul uchun davlati, g‘ururi va sharafidan bilib yo bilmay kechadiganlarni taxminan qancha ekanini biz ham bilib oldik…”.

Shuningdek, Alisher Qodirov o‘z murojaatida yuqoridagi holat yechimini tarbiya va ta’lim tizimi bilan bog‘lagan.

“Bunday “o‘yinchoqlar” avval ham bo‘lgan, bugun ham bor, bundan keyin ham bo‘ladi. Xulosa qilish kerak! Tarbiya va ta’lim tizimi aqli raso va tafakkuri tirik yangi avlodni tayyorlab bermas ekan taraqqiyotimizga tahdidlar o‘zimizdan chiqaveradi!”, deya qayd etgan deputat.

Eslatib o‘tamiz, yarim tunda muxlislarini to‘plagan rossiyalik blogerga nisbatan chora ham ko‘rildi. Bundan avval u uzr so‘rashga ham ulgurgan. 

Qayd etish kerakki, yuqoridagi holat yuzasidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ham munosabat bildirib, yig‘inda ijtimoiy masofa saqlash, niqob taqish kabi karantin qoidalariga mutlaqo rioya etilmaganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing