Qodirov Checheniston rahbari saylovida qatnashish uchun o‘z nomzodini ilgari surdi 

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasining amaldagi rahbari Ramzan Qodirov Respublika rahbari saylovlarida qatnashish uchun rasman o‘z nomzodini qo‘ydi. Bu haqda saylov komissiyasiga asoslanib xabar berilgan.  

“6 iyul kuni 2021 yil 19 sentyabrga belgilangan Checheniston Respublikasi rahbari saylovi uchun Chechenistonning amaldagi rahbari, Rossiya Qahramoni Ramzan Axmatovich Qodirov nomzodi ilgari surildi”, deyilgan saylov komissiyasi xabarida. 

Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Checheniston rahbari lavozimiga nomzodlarni ko‘rsatish muddati ertaga, 8 iyul kuni tugaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ramzan Qodirov 2007 yildan beri Checheniston Respublikasini boshqarib kelmoqda. Checheniston rahbarligiga so‘nggi saylovlar 2016 yil 18 sentyabrda bo‘lib o‘tgan. Qodirov oxirgi saylovlarda 97,56 foiz ovoz to‘plagan. 

Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Checheniston rahbarini saylash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalarni kutayotgani va davlat rahbarining har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyorligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

62

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing