Qodirov chechenlar Putin istagan joyga bostirib borishini aytdi
Olam
−
30 iyul 2022
11525Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, Checheniston harbiylari Rossiya Oliy qo‘mondoni Vladimir Putin buyrug‘i bilan har qanday aholi punktiga hujum qilishga tayyor.
“Dushmanlar qanday xavf solmasin, Checheniston maxsus kuchlari xodimlari umuman xijolat tortmaydilar. Ular o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida bepoyon Rossiya jangchilari qalbiga qo‘rquv urug‘ini ekishga bir necha bor urinib ko‘rdi, biroq dushmanlar faqat ularning g‘azabiga duchor bo‘lishdi”, deb yozgan u Telegram’da.
Bu g‘azab “dushmanlarni o‘zlarining makkor rejalari bilan birga yer bilan yakson qiladi”, deya ta’kidlagan Checheniston rahbari.
Qodirovning ta’kidlashicha, G‘arb zamonaviy jamiyatning haqiqiy qadriyatlari sifatida ko‘rsatayotgan narsa yo‘q qilinadi. Shu bilan birga, Kiyev rasmiylari “sakkiz yil davomida qilgan” ishining “oqibati ularni yengib o‘tishini” tushunishi kerak.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlagandi.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishga qo‘shgan hissasi uchun Rossiya Federatsiyasi Prezidentining faxriy yorlig‘i bilan ham taqdirlangan.
LiveBarchasi