Qochoqlar YeIga qonuniy kirishiga yordam berishga tayyormiz – Lukashenko

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus  Polsha bilan chegarada to‘plangan muhojirlarni vataniga qaytarish uchun ikkinchi reysni tayyorlamoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.

“Hukumat odamlar nimani xohlasa, shunga harakat qiladi. Ularning xohishi biz uchun qonundir. Ular Iroq va Suriyaga qaytishni xohlashdi, biz esa parvozni tashkil qildik. Yana qaytishga davogarlar bo‘lsa, oy oxiriga yana bitta reys tayyorlaymiz”, deydi Lukashenko.

Xabarda ta’kidlanishicha, Lukashenko Belarusdagi qochqinlar o‘z vatanlariga qaytmaslik uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga intilayotganiga e’tibor qaratishga majbur bo‘lgan. Davlat rahbariga ko‘ra, Belarus bu masalada qochoqlarga yordam berishga tayyor, shuningdek ularni Yevropa Ittifoqiga qonuniy kirish masalasida ham.

Agar ular hali ham Germaniyaga borishni xohlasa, “biz ularga har tomonlama yordam berishga harakat qilamiz, ular bilan birga Germaniyaga kirishlariga ruxsat berishlarini talab qilamiz. Ular u yerga nafaqat normal hayot kechirish, balki oilani birlashtirish uchun ham ketishmoqda”, deydi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 noyabr kuni Belarusdan o‘z vataniga qaytmoqchi bo‘lgan Iroq fuqarolarini evakuatsiya qilish boshlangan. Bag‘dod ular uchun samolyot jo‘natgan. Muhojirlar uchun Belarusdan Iroqqa parvoz bepul bo‘lishi ta’kidlangan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Belarus-Polsha chegarasidagi vaziyat joriy yilning 8 noyabr kuni yomonlashdi. Polsha rasmiylariga ko‘ra, 15 noyabrga qadar 3,5 mingga yaqin muhojir Belarus tomonida “Bruzgi” — “Kuznitsa” yopiq chegara o‘tish joyi yaqinida qolgan. Ular u yerda lager tashkil qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, muhojirlar lagerni tark etgan.   

Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek AQSH va Buyuk Britaniya Belarus hukumatini inqirozni keskinlashtirishda aybladi. Belarus Davlat chegara qo‘mitasi, o‘z navbatida, Polshani inqirozli vaziyat yaratib, muhojirlarni Belarus chegarasiga surib qo‘yganlikda aybladi. Minsk bo‘layotgan voqealar Varshavaning “befarqligi va g‘ayriinsoniy munosabati” tufayli yuzaga kelgan, deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing