Qobulga raketa hujumi uyushtirildi

Olam

image

Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi tumanlarning biriga bir qancha raketa tushdi. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hodisa Qobuldagi elektrostansiya yaqinida sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi raketa Chamtala podstansiyaga tushgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Hodisa qurbonlari va jabrlanuvchilar haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgust kuni AQSH Harbiy havo kuchlari Qobulga raketa uchirgandi. Vashington bu harakatini terrorchilarni yo‘q qilish uchun qilganini aytdi. Biroq, keyinroq hujum natijasida 10 ga yaqin tinch aholi qurbon bo‘lgani aniqlandi.

Raketa hujumidan avvalroq, joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida qator portlashlar sodir bo‘lgandi. Hodisada 100 dan ortiq odam, jumladan 13 nafar AQSH harbiysi halok bo‘ldi. Portlash uchun javobgarlik ISHIDning Afg‘onistondagi shoxobchasi "Viloyati Xuroson" o‘z zimmasiga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qobul

Baholaganlar

517

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing