Qobulda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
19 yanvar 4313 1 daqiqa
Bugun, 19 yanvar kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda TOLOnews Plus xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, hodisa savdo markazlari, do‘konlar va mehmonxonalar joylashgan Shahri-Nav tumanida yuz bergan.
“Qobul markazidagi Shahri-Nav hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Quyuq tutun ko‘rinmoqda, yerda yotgan yaradorlar bor. Aholi vahimada voqea joyidan qochmoqda”, deyiladi xabarda.
Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Matin Kaniyning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor.
“Portlash Qobulning 4-munitsipal okrugida, gul bozori yaqinida joylashgan Shahri-Nav hududidagi mehmonxonada sodir bo‘ldi, qurbonlar bor. Portlash sababini aniqlash uchun tergov guruhlari ish boshladi, tafsilotlar keyinroq ma’lum qilinadi”, deydi Kaniy jurnalistlarga.
U qurbonlarning aniq sonini ochiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistondagi “Gul Plaza” savdo markazidagi kuchli yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgan. Sodir bo‘lgan fojia tafsilotlari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi