Qobuldagi teraktda “Tolibon” vaziri halok bo‘ldi

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining qochqinlar bo‘yicha vaziri Halil ur-Rahmon Haqqoniy Qobuldagi masjid oldidagi teraktda halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, xudkush Haqqoniy hujjatlar imzolayotgan paytda o‘zini portlatgan. “Tolibon” vakili bilan birga yana olti kishi halok bo‘lgan.  Muvaqqat hukumat rasmiy bayonotida Haqqoniy vafotini chuqur qayg‘u bilan qabul qilingani bildirilgan.

“Afg‘onistonning qochqinlar bo‘yicha vaziri Halil ur-Rahmon Haqqoniy bugun xudkushlik hujumi oqibatida halok bo‘lgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmoqda”, deyiladi bayonotda.

“Tolibon” ushbu hujum uchun ISHIDni ayblamoqda. ISHID esa hozircha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Ma’lumot uchun, Haqqoniy “Tolibon” hokimiyatga qaytganidan buyon Afg‘onistonda sodir bo‘lgan portlashlar qurboni bo‘lgan eng yuqori martabali rasmiy bo‘ldi. U 2021 yilning sentyabrida Afg‘onistonning qochqinlar bo‘yicha vaziri etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi qurolli to‘qnashuvlarda 6 nafar harbiy va 22 nafar jangari halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

terakt “Tolibon”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing