Qobuldagi ta’lim markazi portlatildi. Ko‘plab qurbonlar bor
Olam
−
30 sentabr 2022 8375 1 daqiqa
Bugun, 30 sentyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda ta’lim markazida portlash yuz berdi. Hozirgacha 32 kishi halok bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali hukumatdagi manbalariga tayanib, ma’lum qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Dasht-i-Barchi tumanidagi portlashda 40 kishi jabrlangan. Mahalliy “Tolo News” telekanali Qobul politsiyasi vakili Xolid Zadranga tayanib, 19 kishi o‘lgani va 27 kishi jabrlangani haqida ma’lumot berdi.
Ta’lim markaziga hujumni xudkush-terrorchi uyushtirgani aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quv markazi imtihonlar vaqtida portlatilgan. Qurbonlarning aksariyati yosh qizlardir.
Voqeaning qolgan tafsilotlari aniqlashtirilyapti.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust