Qobuldagi portlashga AQSH sababchi – OAV
Olam
−
29 avgust 2021 10467 1 daqiqa
Avvalroq, Afg‘oniston poytaxti Qobulda kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
“Reuters” agentligining ma’lum qilishicha, portlashga AQSHning havo zarbasi sabab bo‘lgan. Bu ma’lumotni amerikalik ikki mansabdor tasdiqlagan.
Shuningdek, Qobul politsiyasi RIA Novostiga portlash Qobul aeroporti yaqinidagi uyga berilgan raketa zarbasi sabab bo‘lganini tasdiqlagan.
Manbalarga ko‘ra, zarbaning maqsadi ISHIDning Afg‘onistondagi Xuroson guruhi jangarilarini yo‘q qilish bo‘lgan.
“Al-Jazeera” telekanali xabariga ko‘ra, portlashda bir bola halok bo‘lgan va uch kishi jarohatlangan.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart