Qobulda yana portlash: qurbonlar bor

Olam

image

Afg‘onistonning Qobul shahrida joylashgan AQSHning Counterpart International nodavlat notijorat tashkiloti binosi oldida portlash sodir etilgan. 

“Tolibon” terrorchilik guruhi tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida 10 kishi halok bo‘lgan. Afg‘oniston Ichki ishlari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning uch nafari tinch aholi vakili bo‘lgan. Shuningdek, yigirma kishi jiddiy yaralanib kasalxonaga yotqizilgan. 

 

TOLO news afg‘on telekanalining xabariga ko‘ra, hujum mahalliy vaqt bilan soat 6 ga yaqin  boshlangan. Terrorchilar guruhi ichkariga kirish uchun bino yaqinidagi mashinani portlatib yuborgan. 

Xavfsizlik kuchlarining yarim soat davom etgan urinishlari natijasida hujum bartaraf etilib, ikki jangari yo‘q qilingan. 

Afg‘oniston IIV vakili Nusrat Rahimning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari xodimlari terrorchilarga qarshi kurash operatsiyasida International Counterpart nodavlat tashkilotining 170 nafardan ortiq xodimini qutqarib qolgan. 

“Tolibon” jangarilari hujum uyushtirgan tashkilot,  International Counterpart 2005 yildan buyon Afg‘onistonda faoliyat yuritib keladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

terrorchi

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing