Qobul va 11 viloyat elektrsiz qoldi. O‘zbekistondan elektr importi 3 baravar tushib ketdi

Jamiyat

image

Afg‘onistonning O‘zbekistondan olayotgan elektr energiyasi hajmi so‘nggi ikki kun ichida uch baravarga pasayib ketdi. Bu mamlakatda amalga oshirilgan navbatdagi qo‘poruvilik harakatlari bilan bog‘liq deb ko‘rilmoqda. 

Ayni vaqtda Afg‘oniston poytaxti Qobul va mamlakatning 11 viloyati elektr energiyasidan butkul uzilgan. Rasmiylarning bildirishicha, Tojikistondan kelayotgan yuqori voltli elektr uzatish liniyasining uchta ustuni portlatilgan. 

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston mavjud shartnoma asosida Afg‘oniston Islom Respublikasiga uzulishlarsiz elektr energiyasi yetkazilib bermoqda (1 sutkada taxminan 1,5 mln KVt/soat).

Lekin, shuni aytish joizki, joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 14:00dan keyin O‘zbekistondan Afg‘onistonga uzatilayotgan energiya miqdorini qabul qilish darajasida keskin tushish holati ro‘y bergan. Bu odatdagidan qariyb 3 marta kam ekanligi qayd etilgan.

“Elektr uzatish tarmoqlari, ya’ni havo liniyalarining tayanch ustunlariga yetkazilgan zarar, ularni ta’mirlash ishlarini har bir mamlakat o‘z hududida o‘zi amalga oshiradi.

Ayrim sabablarga ko‘ra ta’minoti uzilgan elektr tarmog‘i, taxminimizcha, Afg‘oniston iste’molchilari Tojikiston Respublikasidan xarid qiladigan havo liniyalarida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu taxmin to‘g‘ri bo‘lsa, tojikistonlik va afg‘onistonlik mutaxassislar ta’mirlash ishlarini qachon va qay tartibda amalga oshirishidan bexabarmiz”, deyiladi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy axborotida.
 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing