Qobul Do‘sovga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
24 fevral 53368 2 daqiqa
Bugun, 24 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudida Qobul Do‘sovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sud tomonidan sudlanuvchining jinoyat sodir etishdagi aybi jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari, sudga oid lingvistik ekspertiza xulosasi, yozuvlar skrinshoti hamda jinoyat ishi bo‘yicha barcha namunalar to‘plangan.
“Sud hukmiga muvofiq Qobil Do‘sov Jinoyat kodeksning 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 140-moddasi haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi bilan fuqaro M. Eshimqulovga, Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari bilan fuqarolar O. Kamolova va Sh. Hasanovaga oid ayblov epizodlari bo‘yicha ifodalangan jinoiy hodisa yuz bermagani sababli aybsiz deb topilib, Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi (Reabilitatsiya uchun asoslar) 1-bandiga asosan oqlandi”, deyiladi xabarda.
Sud hukmiga ko‘ra, Qobul Do‘sov 4 nafar jabrlanuvchiga (Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimi mas’ullari N. Yalgasheva, O. Kamolova, Sh. Hasanova va S. Suyarova) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a” bandi va 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash), 59-moddasi 8-qismi va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Do‘sov tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha manfaatdor taraflarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqlari mavjudligi tushuntirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2024 yil 22 noyabrdagi hukmiga muvofiq Qobul Do‘sov (1984 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi. Joriy yil 24 yanvar kuni Qobul Do‘sovni Samarqand viloyatida hibsga olindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining joriy yilning 24 yanvardagi ajrimiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2024 yil 22 noyabrdagi hukmi bilan mahkum Qobul Do‘sovga nisbatan tayinlangan va o‘talmay qolgan 11 oy 2 kun ozodlikni cheklash jazosi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilib, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Live
Barchasi