Qobul aeroporti “Tolibon” nazoratiga o‘tdi
Olam
−
31 avgust 2021
6421Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroport to‘liq “Tolibon” nazoratiga o‘tdi. Bu haqda “Al-Jazeera” telekanali xabar berdi.
“Qobul aeroporti AQSH harbiylari uni tark etgach, bizning nazoratimizga o‘tdi”, degan “Tolibon” vakili.
AQSH qo‘shinlari Qobulni tark etgach, aeroportdan o‘q ovozlari eshitilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon” aeroportda nazorat o‘rnatganini shu tarzda nishonlagan.
Avvalroq, AQSH Afg‘onistondagi harbiylarini olib chiqib ketib, 20 yil davom etgan missiyani yakunlagani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi