Qohirada uy qulashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni keskin oshdi
Olam
−
28 mart 2021
4810Avvalroq, Misr poytaxti Qohirada ko‘p qavatli bino qulagani haqida xabar bergan edik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘lgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p qavatli uy qulashi natijasida halok bo‘lganlar 22 nafarga yetdi. Bu haqda "El Balad" nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, hodisada jabrlanganlar soni 25 nafarga etdi. Hozirda uch kishi bedarak yo‘qolgan va qutqaruvchilar ularni qidiryapti. Qolgan barcha jabrlanuvchilar Al-Salam shifoxonasiga olib borilgan.
Bino dastlab aytilganidek 10 qavatli emas, 9 qavatli bo‘lgani aytilmoqda.
Qohira gubernatori general-mayor Xolid Abdel Aal prokuratura surishtiruvni yakunlashi bilan muhandislik qo‘mitasi tuzilib, yetkazilgan zararni hisoblashga ko‘rsatma bergan.