QQSdan ozod qilingan mahsulotlar ro‘yxati o‘zgardi
Jamiyat
−
17 iyul 2019
6255O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilndi.
Ma’lumki, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan muddatda import qilingan go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning so‘yish mahsulotlari ham qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.
LiveBarchasi