Qizlarni Tailandga fohishalikka olib ketayotgan ayol ushlandi (video)
3-sahifa
−
19 dekabr 6347 1 daqiqa
Toshkent xalqaro aeroportida 2 nafar fuqaroni fohishalikka olib ketayotgan 27 yoshli ayol ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 1998 yilda tug‘ilgan S.N. 2 nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida yuborayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olingan.
Shuningdek, ushbu jinoiy harakat hozirda Tailand davlatida bo‘lgan 2005 yilda tug‘ilgan F.A. tomonidan tashkillashtirilgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi “b”, “g”, “ye”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 18 yoshli qizni chetga fohishalik uchun yuborayotgan 53 yoshli ayol ushlangandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr