Qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullangan ayollarga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Qizlarni O‘zbekistondan Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborib kelgan ayollarga sud hukmi o‘qildi. Ulardan biriga qamoq, ikkinchisiga shartli qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan M.R. (ayol) hamda Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi, 2000 yilda tug‘ilgan Q.A. (ayol) o‘zaro til biriktirib, qizlarni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborishgan.

Turkiyada yashovchi A. ismli ayol esa qizlarga aviachipta sotib olish, ularni kutib olish hamda fohishalik bilan shug‘ullantirish ishlariga mas’ul bo‘lgan.

Joriy yilning aprel oyi boshlarida M.R. va Q.A. Toshkent shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.A.ni Turkiya davlatiga borib, fohishalik bilan shug‘ullanish orqali har oyda 2 ming AQSH dollari ishlab topishga qiziqtirgan hamda dastlabki “daromadi”ning teng yarmini ularga berishi kerakligini tushuntirgan. 

O‘z navbatida Turkiya davlatida yashovchi A. ismli ayol A.A.ga xorijga chiqish pasporti olishi uchun 50 AQSH dollari va “Toshkent-Istambul-Anqara” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta yuborgan.

DXX xodimlari tomonidan IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  M.R. qizni Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelib, Turkiya davlatiga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan. Tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida uning sherigi Q.A. ham ushlangan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Joriy yilning avgust oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan M.R.ga nisbatan 3 yil va Q.A.ga nisbatan esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Lekin Q.A.ning oilaviy sharoitini, ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing