Qizining to‘yiga erini chaqirgan ayolning uyiga Zoyir Mirzayev boradi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumaniga Surxondaryo viloyatidan kelib, paxta terayotgan Zamira Shaymanovaning "Milliy" telekanali efiridagi turmush o‘rtog‘iga murojaati ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Ayol farzandlarining otasidan o‘zi uchun hech narsa so‘ramasligini, faqat u qizining to‘yiga kelib, duo berib ketishini iltimos qilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Zamira Shaymanovaning oilasi uch yil burun darz ketgan. Eri uydan chiqib ketgani bo‘yicha qaytmagan. Yilda bir-ikki marta qishloqqa kelib, ko‘chada o‘g‘illarini ko‘rib, qaytib ketar, bundan esa qizining dili qattiq og‘rir ekan.

Ushbu videoni tomosha qilgan tarmoq foydalanuvchilarining ko‘pchiligi to‘y kuni ayolni yolg‘izlatib qo‘ymaslik maqsadida, kerak bo‘lsa, Musulmonlar idorasi raisi – muftiy Nuriddinjon Xoliqnazarovning borib duo berishini so‘rashdi.

Shundan so‘ng, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham murojaatga o‘z munosabatini bildirib, to‘yga borishini ma’lum qildi.

“Eng katta niyatim, er-xotin birgalikda qiz uzatib, elga to‘y berishganida biz ham xizmat qilib, uylarida mehmon bo‘lib yoshlarga baxt tilash… Ishonamanki, xuddi shunday bo‘ladi, biz shunga harakat qilamiz.

Insonni qadrlash, unga hurmat-izzat ko‘rsatish, qiynalgan paytlarida yonida turib, yordam ko‘rsatish bugun davlat siyosatidir. Biz xalqimiz kutgan mana shu buyuk siyosatning oddiy bir ijrochisimiz, xolos. 

To‘yda ko‘rishguncha, Zamira opa! Doim kulib yuring! Yaxshi kunlar hali oldinda!”, deb yozgan viloyat hokimi Facebook’dagi sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing