Qizilo‘rdadagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
12 iyul 2019
3120Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Kecha, 11 iyul kuni Qizilo‘rda viloyatining Janaqo‘rg‘on tumanida VAZ-2107 avtomobili ishtirokida YTH yuz bergan. Avtomobilda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan.
YTH natijasida o‘zbekistonliklardan biri halok bo‘lgan. Ikkinchisi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, shifoxonaga yotqizishga zarurat yo‘q deb, topilgan. Qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.