Qiziltepaga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2023
10393Bugun, 23 oktyabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun tuman hokimligi binosida xalq deputatlari Qiziltepa tumani kengashining navbatdan tashqari qirq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rilib, viloyat hokimi tomonidan Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich Qiziltepa tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Bekzod Bobomurodov 1983 yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Lavozimga tayinlanguniga qadar Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumaniga yangi hokim tayinlangandi.
LiveBarchasi