Qizil kitobga kiritilgan 11 bosh jayronni ovlaganlar ushlandi
Jamiyat
−
28 may 2021 6885 1 daqiqa
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida Qizil kitobga kiritilgan jayronni ovlagan fuqarolar ushlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘rganishlar jarayonida Qo‘ng‘irot tumanidagi “Jasliq” MFYda yashovchi T.B. va B.R. tomonidan Ustyurt tekisligida noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 11 bosh jayronni ovlagani hamda 11 juft shoxlar borligi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib tergov, surishtiruv ishlarni olib borish uchun Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr