Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Qiziqchi Shukurullo Isroilovning mashinasi o‘g‘irlab ketildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida qiziqchi Shukurullo Isroilovning avtomobili olib qochildi. Bu haqda “Uzreport” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi navbatchilik qismiga Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobil olib qochilganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.

“Ma’lum bo‘lishicha, noma’lum shaxs Mirishkor ko‘chasida ochiq qoldirilgan Mercedes rusumli avtomobilni o‘g‘irlab, qochib ketgan”, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan mashinani topish va egasiga qaytarish choralari ko‘rilgan. Olib qochilgan transport vositasi Uchtepa tumani Zargarlik ko‘chasida to‘xtatilgan. Gumonlanuvchi fuqaro va transport vositasi jinoiy qidiruv xodimlariga topshirilgan. Transport vositasini 1998 yilda tug‘ilgan shaxs ochiq qolganidan foydalanib, olib qochib ketgani aniqlangan.

“Shu mashinaga qiziqaman. Haydab, nima qilishni bilmas edim. Keyin mashinaga o‘tirib haydadim. Haydab shaharni aylanib, Uchtepa tumanida to‘xtab, tushib turganimda xodimlar kelib ushlashdi”, deya o‘z aybini tan olgan gumonlanuvchi.

Shuningdek, qiziqchi Shukurullo Isroilov ham barchani hushyor bo‘lishga chaqirgan.

“Mashinamni qulflamasdan, kalitni ichida qoldirib, bir joyga kirib ketdim. Qarasam mashinam yo‘q. Kimdir hazillashdi, deb o‘yladim, lekin mashinam o‘g‘irlanibdi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlar 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi avtoturargohda turgan Damasʼni olib qochgan yigitlar 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Shukurullo Isroilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing