“Qizamiqdan o‘lim holati keskin oshdi”. JSST ogohlantirish bilan chiqdi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xalqaro miqyosda emlash qamrovining kamayishi tufayli qizamiq bilan kasallanish va o‘lim holati ortib borayotganidan  ogohlantirdi. Bu haqda JSSTning saytida ma’lum qilindi.

JSST va AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining hisobotida keltirilishicha, 2022 yil oxirida, qizamiqqa qarshi emlash qamrovi ko‘p yillar davomida pasayganidan so‘ng, ushbu virusli kasallik bilan kasallanganlar soni 18 foizga, infeksiyadan vafot etganlar soni esa 43 foizga oshgan

"Kasallanganlar soni 9 mln kishi, o‘limlar esa 136 ming kishini tashkil etmoqda. Achinarlisi, ularning aksariyati bolalar. 2022 yilda kasallikning keng miqyosli avj olishi 37 ta davlatda sodir bo‘lgan hamda 22 davlatda kuzatilgan. Shu bilan birga, qizamiq epidemiyasi va o‘lim holatlarining ko‘payishi hayratlanarli, ammo afsuski, so‘nggi yillarda emlash darajasining pasayishini hisobga olinsa, bu kutilmagan hodisa emas", deydi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining Global emlash idorasi direktori Jon Vertefey.

JSSTning hisobotida qayd etilishicha, emlashning eng past ko‘rsatkichlari, atigi 66 foiz, qizamiqdan o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan kam daromadli mamlakatlarga to‘g‘ri kelmoqda. 2022 yilda bunday vaksinaning birinchi dozasini o‘tkazib yuborgan 22 mln bolaning yarmidan ko‘pi bor-yo‘g‘i 10 ta davlatda yashaydi: Angola, Braziliya, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Hindiston, Indoneziya, Madagaskar, Nigeriya, Pokiston va Filippin. 

"JSST mamlakatlarni emlanmagan bolalarni aniqlashga va barcha bolalarni qizamiq va vaksinatsiya orqali oldini olish mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklarga qarshi emlashga chaqiradi", deyiladi tashkilotning bayonotida.

Tashkilot butun dunyo bo‘ylab manfaatdor tomonlarga aholining eng zaif qatlamlarini emlashni tavsiya qildi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST ogohlantirish qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing