Qisqichbaqasimon Hyundai bilan tor joylarda “parkovka” qilish osonlashdi

Texnologiya

image

Hyundai'ning IONIQ 5 rusumli yangi konsepsiyadagi avtomobili avtoturargohda mashinalarning parallel joylashishini osonlashtiradi. Bu haqda AQSHning "primenewsprint" nashri xabar berdi. 

Elektr energiyasida harakatlanadigan yangi transport vositasi GMC Hummer EV va Rivian R1T rusumli qimmatbaho mashinalar kabi "qisqichbaqasimon" yurish xususiyatiga ega. Shuningdek mashinaning "tank" rejimi g‘ildiraklarning noodatiy aylana tarzda harakatlanishiga imkon beradi.

O‘tgan hafta CES 2023 (Dunyo bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va global innovatorlar uchun nufuzli texnologik tadbir) ko‘rgazmasida Hyundai kompaniyasining Mobis bo‘limi o‘zining "e-Corner" texnologiyadagi avtomobilining so‘nggi versiyasini namoyish qildi. 

Kompaniya tez orada transport vositalarining parallel to‘xtash uchun yon tomonga haydash, nol-burilish hamda turgan holda 180 yoki 360 gradusga burilish funksiyalaridan foydalanishga ruxsat berishi mumkin.

IONIQ 5 konsepsiyasi to‘rt g‘ildirakni bir yo‘nalishda aylantira oladi va joylashish uchun yon tomonga "qisqichbaqasimon" harakatlanishi mumkin. 

Nol-burilish funksiyasi texnologiyadagi  barcha g‘ildiraklarni bir tomonga burish va avtomobilni tor joyda ham manyovr (qulay vaziyatga o‘tish maqsadidagi harakat) qilish imkoniyatini beradi.

Kompaniya, shuningdek tizimni diagonal (yon tomonga) tarzda haydalishini ham namoyish etdi. Ushbu xususiyat 115 ming dollarlik Hummer EV'da ham mavjud, ammo Hyundai'da bu texnologiya yanada takomillashgan.

Hyundai'ning yangi "e-Corner"ida deyarli har qanday elektron transport vositasi yoki PHEV(ham yonilg‘i, ham elektr bilan harakatlanadigan gibrid transport vositasi) uchun yaxlit elektr motorlar, simli tormozlash tizmi va elektr amortizatorlardan foydalanilgan.

Texnologiyadagi g‘ildiraklarning harakatlanishida qo‘shimcha joy talab qilinmaydi va harakatlanish davomida boshqa transport vositalariga halaqit bermaydi.

Ushbu tizim ishlab chiqarishdagi ancha rivojlangan texnologiya hisoblanadi. Uning benuqson ishlashi uchun to‘rtta motorli konfiguratsiya kerak bo‘ladi. Chunki har bir g‘ildirak mustaqil motorga ega qilib yaratilgan. Ammo bu xususiyati tizim uchun sarflanadigan xarajatlarni oshiradi.

Nol-burilish rejimi kundalik harakatlanishda unchalik muhim bo‘lmasligi mumkin. Lekin oson parallel joylasha olish funksiyasi tizimdan foydalanuvchilarga manzur kelishi ehtimoli yuqori.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hyundai

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing