Hyundai uchar mashina loyihasini yaratdi

Texnologiya

image

Las-Vegasda o‘tkazilgan CES-2020 ko‘rgazmasida Hyundai o‘zining Personal Air Vehicle (Shaxsiy havo transporti) yaratilishi haqida e’lon qildi

Hyundai tomonidan o‘ylab topilgan bunday transport vositalari megapolislarni tirbandliklardan xalos qiladi va shu bilan birga odamlarga manzillariga tezroq yetib olish imkoniyatini beradi. Chunki, odamlarning samolyot va quruqlikdagi transport vositalarini ishlatishlarining hojati qolmaydi.

Yangi formatdagi transportning savdosi 2028 yilda boshlanishi kutilmoqda. Ammo, buning uchun yangilikni yaxshilab sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash talab etiladi.

Koreya Respublikasi poytaxti Seul yaqinidagi Inchxon shahrida joylashgan Inchxon xalqaro aeroporti yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazadigan joy sifatida tanlangan. Mamlakatning eng yirik aviatsiya markazi va dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri Inchxon Hyundai'ga havo transportini sinovdan o‘tkazish jarayonlarida o‘zining xizmatlari bilan katta yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Hyundai

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing