Farg‘onada qalin tuman tufayli 4 ta mashina avariyaga uchradi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani hududida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 28 noyabr kuni soat 08:15 atrofida Buvayda tumani “Yangiqadam” MFY hududidan o‘tgan “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Cobalt rusumli avtomobilning ortidan harakatlanib kelayotgan Nexia-2, Tiko va Hyundai Porter rusumli avtomobillar qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlamaganligi sababli o‘zaro to‘qnashgan.

Oqibatda Tiko avtomobili haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Buvayda tumani IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 noyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona Nexia-2 Hyundai qalin tuman Tiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing